Payariq tumani hokimi ham almashtirilishi kutilmoqda

Payariq tumani hokimi ham almashtirilishi kutilmoqda


Kecha Xalq deputatlari Samarqand viloyat kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tgani, unda O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Sh.Mirziyoyev ishtirok etgani, sessiyada Samarqand viloyati hokimi lavozimiga E.Turdimov rasman tasdiqlangani haqida xabar bergan edik.

Bugun Xalq deputatlari Past Darg‘om tuman kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi va tuman hokimi o‘z arizasiga binoan vazifasidan ozod etilgan Bahodir Sa'dullayev o‘rniga viloyat hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari vazifasida faoliyat ko‘rsatgan Shunqor Xudoyberdiyev tuman hokimi etib tayinlandi.

Ayni paytda Xalq deputatlari Payariq tuman kengashining navbatdan tashqari sessiyasiga ham hozirlik ko‘rilmoqda.

Kun.uz manbalarining xabariga ko‘ra, senator, shu paytgacha tumanga rahbarlik qilib kelgan Abdumo‘min Sunnatovich Jo‘rayev o‘rniga yangi hokim tayinlanishi kutilmoqda.

loading...

Copyright © 2018. Barcha huquqlar himoyalangan.