AQShdagi shatdaun tarixdagi eng uzog‘iga aylandi

AQShdagi shatdaun tarixdagi eng uzog‘iga aylandi


AQShda federal muassasalar ishining to‘xtab qolishi mamlakat tarixidagi eng uzuniga aylandi. Bu haqda TASS xabar bermoqda.

Shanbaga o‘tar tunda (Toshkent vaqti bilan soat 09:00) shatdaunning 22-kuni boshlandi. Amerika hukumati ishi 2018 yil 22 dekabrda to‘xtab qolgandi.

21 kun davomiyligidagi shatdaun Bill Klinton davrida sodir bo‘lgandi. O‘shanda u respublikachilar tomonidan taklif etilgan, tibbiy ta'minot, atrof muhitni muhofaza qilish va ta'lim dasturlariga moliyalashtirishni qisqartirishni nazarda tutgan budjetga rozi bo‘lmagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQShdagi shatdaun tarixdagi eng uzog‘i bo‘lishi mumkin ekani xabar berilgandi.

Federal muassasalar yopilishi ehtimoli mavjud bo‘lgan, budjetni tasdiqlash sxemasi 1976 yildan qo‘llanila boshlandi. O‘tgan vaqt ichida shatdaun 21 marotaba qayd etildi. Eng uzoq vaqt davomida hukumat 1978 va 1995-1996 yillarda ishlamagan.

loading...

Copyright © 2018. Barcha huquqlar himoyalangan.