SpaceX xodimlarini ommaviy qisqartiradi

SpaceX xodimlarini ommaviy qisqartiradi


SpaceX kompaniyasi o‘z xodimlarining 10 foizini ishdan bo‘shatish niyatida, deya xabar qilmoqda Los Angeles Times.

Aniqlik kiritilishicha, xodimlar kompaniya prezidenti Gvinn Shotvelldan tegishli bildirishnoma bo‘lgan xatni olishgan.

Uning tushuntirishicha, ushbu qarorni qabul qilish rahbariyatga oson bo‘lmagan, lekin hozirgi sharoitda kompaniya yanada ixcham bo‘lishi kerak.

Kompaniyada jami 6 ming xodim mavjud.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq SpaceX va Ilon Maskning eng katta raketasining yig‘ilishi jarayoni tasvirlangan fotosuratlar taqdim etilgandi.

loading...

Copyright © 2018. Barcha huquqlar himoyalangan.