Samsung tasodifan Galaxy S10 smartfoni dizaynini oshkor qilib qo‘ydi

Samsung tasodifan Galaxy S10 smartfoni dizaynini oshkor qilib qo‘ydi

Samsung kompaniyasi yangi Galaxy S10 va S10+ flagman smartfonlari dizaynini rasmiy taqdimotidan barvaqt oshkor qilib qo‘ydi. Samsung o‘z qurilmalari uchun Android negizida ishlab chiqqan One UI operatsion tizimiga bag‘ishlangan maqoladagi suratlarda kompaniyaning mavjud smartfonlariga o‘xshash bo‘lmagan dizaynga ega smartfon ko‘rsatilgan. Bunga Reddit foydalanuvchilaridan biri e'tibor qaratgan.


Samsung tezda maqoladagi suratlarni tuzatgan, biroq suratlar internetda tarqalishga ulgurgan. Suratlardagi smartfonlarda displey atrofida ingichkaroq ramkalar va old kamera uchun kichik o‘yiqcha borligini ko‘rish mumkin.

Avvalroq kompaniya yangi smartfonlarini 20 fevralda taqdim qilishini e'lon qilgandi. Kompaniya smartfonlar bilan birga yangi Galaxy Watch smart-soati va yig‘iluvchi smartfonining yakuniy variantini taqdim qilishi mumkin. Taxmin qilinishicha, Galaxy S10’ga buyurtmalar olish 20 fevralda, savdosi esa 8 martda boshlanadi,

Norasmiy ma'lumotlarga ko‘ra, yangi seriyaga uchta asosiy model kiradi, bular: 6,4 dyuymli Galaxy S10+, 6,1-dyuymli Galaxy S10, 5,8-dyuymli Galaxy S10 Lite yoki Galaxy S10 E. Shuningdek, yangi smartfonning 5-avloddagi tarmoqlarni qo‘llab-quvvatlovchi alohida varianti chiqarilishi kutilmoqda.

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.