Osiyo Kubogi. Xitoy muddatidan avval pley-offga chiqdi

Osiyo Kubogi. Xitoy muddatidan avval pley-offga chiqdi


Birlashgan Arab Amirliklarida Osiyo Kubogi o‘yinlari davom etmoqda.

S guruhida Xitoy va Filippin terma jamoalari bellashdi. O‘yin xitoyliklarning katta ustunligi ostida o‘tib, yirik hisobdagi g‘alabasi bilan tugadi.

Bu natijadan so‘ng, Xitoy 6 ochko jamg‘ardi va 1/8 final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Filippin birorta ochko jamg‘armay, so‘nggi o‘rinni egallab turibdi va amalda keyingi bosqichdan umid uzdi.

Osiyo Kubogi
S guruhi, 2-tur
11 yanvar
Xitoy – Filippin 3:0

Gollar: U Ley (40, 66), Yu Dabao (80)
Filippin – Falkesgor, Karli (Yangxazbend, 66), Sato, Alvaro Silva, Palla, Ingreso, Shtrauss (Ott, 85), Rayxelt (Dayzon, 88), Vudlend, Shrek, Patino.
Xitoy – Yan Tszyunlin, U Si, Shi Ke, Chjan Linpen, Chjen Chji (Chi Chjungo, 83), U Ley, Chjao Syuyji (Yuy Xanchao, 72), Lyu Yan, Xao Tszyunmin, Fen Syaotin, Gao Lin (Yuy Dabao, 80).
Ogohlantirishlar: Alvaro Silva (34), Sato (55), Fen Syaotin (73).


loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.