Milliy jamoa Dubay politsiya ofitserlari stadionida mashg‘ulot o‘tkazdi - fotoreportaj

Milliy jamoa Dubay politsiya ofitserlari stadionida mashg‘ulot o‘tkazdi - fotoreportaj


Osiyo Kubogining «F» guruhida ishtirokini boshlagan O‘zbekiston milliy jamoasi 11 yanvar kuni mahalliy vaqt bilan soat 17:00da navbatdagi mashg‘ulotlarga kirishdi.

Kun.uz muxbirining Dubaydan xabar qilishicha, bosh murabbiy Ektor Kuper kechagi mashg‘ulot bo‘lib o‘tgan maydonning yoritish tizimidan qoniqmagan, shu bois Turkmaniston bilan bahsga tayyorgarlikni boshqa o‘yingohda davom ettirishni talab qilgan. Shu tariqa bugun «Dubai Police Officers Club» stadionida mashg‘ulot olib borildi.

Kechagi tayyorgarlikda asosiy e'tibor tiklanish mashqlariga qaratilgan edi; bugungi mashg‘ulotlar to‘la hajmda bo‘lib o‘tdi, asosan to‘p bilan ishlashga ahamiyat berildi. Xususan, standart vaziyatlar ustida ko‘proq mashq qilindi. Quyida jarayonni kuzatib borgan fotomuxbirimiz yuborgan suratlarni taqdim etamiz.


















Ertaga, 12 yanvar kuni mahalliy vaqt bilan soat 17:15da O‘zbekiston terma jamoasi vakillari ishtirokida Turkmanistonga qarshi o‘yinoldi matbuot anjumani bo‘lib o‘tadi. Soat 18:00da Ektor Kuper jamoasi ushbu bahs oldidan rasmiy mashg‘ulotlarda qatnashadi. Qo‘shni mamlakatlarning 2-turdagi o‘zaro to‘qnashuviga mezbonlik qiladigan «Rashid Stadium»da shanba kuni kechqurun, shuningdek, Turkmaniston milliy jamoasi bosh murabbiyi va futbolchilaridan biri ishtirokida matbuot anjumani (19:15) va jamoa rasmiy mashg‘uloti (20:00) ham bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, Osiyo kubogining «F» guruhida yakshanba kuni Toshkent vaqti bilan soat 18:30da Ummon – Yaponiya, soat 21:00da Turkmaniston – O‘zbekiston uchrashuvlari bo‘lib o‘tadi.

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.