«Recruit Consulting Work» kompaniyasi yurtdoshlarimizga Polshada ishlash imkoniyatini taqdim etadi

«Recruit Consulting Work» kompaniyasi yurtdoshlarimizga Polshada ishlash imkoniyatini taqdim etadi


Kecha, 10 yanvar kuni Toshkentda fuqarolarga chet elda ishlash sohasida xizmat ko‘rsatishga ixtisoslashgan «Recruit Consulting Work» xususiy bandlik agentligi hamda Polshaning «KRK-Group» xususiy bandlik agentligi o‘rtasida hamkorlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

Uchrashuv o‘zbekistonlik fuqarolarni Polsha davlatiga qonuniy asosda ishga yuborish, shuningdek, Germaniya Federativ Respublikasiga erkin sayohatlarini tashkil etish masalalariga bag‘ishlandi.

Uchrashuvda chet elda ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik fuqarolarni Polsha davlatida qonuniy ishga joylashtirish, shuningdek, mijozlarga turli yo‘nalishda huquqiy maslahat va ko‘mak berish masalalariga alohida urg‘u berildi.

«Recruit Consulting Work» va «KRK-Group» xususiy bandlik agentliklari o‘rtasida imzolangan hamkorlik shartnomasiga muvofiq endi o‘zbekistonlik fuqarolar kompaniya xizmatidan foydalangan holda Polshada erkin ishlash imkoniyatiga ega bo‘lishdi.



«Recruit Consulting Work» kompaniyasi yurtdoshlarimiz uchun quyidagi yo‘nalishlarda bo‘sh ish o‘rinlarini e'lon qiladi:

Metallga ishlov beruvchi mutaxassis;

Ofislar, banklar savdo markazlar va xonadonlarni tozalash;

Slesar-mexanik;

Konveyyer-liniyasida ishlash;

Omborlar va savdo obektlarini tozalash;

Traktorist-karshik (qor tozalash);

Ma'lumot uchun, «Recruit Consulting Work» xususiy bandlik agentligi fuqarolarni chet elga qonuniy asosda ishga yuborish bo‘yicha “Mehnat agentliklari to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq faoliyat yuritadi.

Kompaniya 2018 yilning 17 dekabr kuni yurtdoshlarimizni Yaponiya davlatida ishga yuborish bo‘yicha UZUMARU kompaniyasi bilan ham shartnoma imzolagan edi.
Batafsil ma'lumot uchun telefon: +998909827723
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring!
Telegram: «Recruit Consulting Work»

Facebook: « Recruit Consulting Work»

Instagram: «Recruit Consulting Work»

Manzil: Toshkent shahar, Chilonzor tumani, 6-mavze, Qatortol ko‘chasi, 22-uy, 38-xonadon.

Mo‘ljal: Parus savdo markazi yoki «Avtokredit» korxonasi.
Reklama huquqi asosida

loading...

Copyright © 2018. Barcha huquqlar himoyalangan.