Yilning ramziy terma jamoasiga «Real»dan eng ko‘p futbolchi kirdi

Yilning ramziy terma jamoasiga «Real»dan eng ko‘p futbolchi kirdi


UYeFA muxlislar talqiniga ko‘ra 2018 yilning ramziy terma jamoasini e'lon qildi.

2018 yil yakuniga ko‘ra, Chempionlar Ligasi va klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida g‘alaba qozongan «Real»dan eng ko‘p - 4 nafar futbolchi tarkibga kiritildi.

Tarkib quyidagicha: Mark-Andre ter Stegen («Barselona»), Serxio Ramos («Real»), Virjil van Deyk («Liverpul»), Rafael Varan, Marselo, Luka Modrich (barchasi – «Real»), N’Golo Kante, Eden Azar (ikkalasi ham – «Chelsi»), Kilian Mbappe («Pari Sen-Jyermen»), Lionel Messi («Barselona»), Krishtianu Ronaldu («Real» / «Yuventus»).


So‘rovnomada 1,8 milliondan ortiq muxlis ishtirok etdi.

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.