Ispaniyada 25 million yevro o‘g‘rilagan guruh qo‘lga olindi

Ispaniyada 25 million yevro o‘g‘rilagan guruh qo‘lga olindi


Ispaniyada pul mablag‘lari o‘tkazish talabi yozilgan soxta maktublar jo‘natish orqali tovlamachilik bilan shug‘ullangan jinoiy guruh qo‘lga olindi.

Ispaniya, Fransiya, Germaniya, Italiya, Meksika va Xitoydagi kompaniyalar bu guruhning qurbonlari bo‘lgan. O‘ttizdan ortiq tovlamachilik holatlari aniqlangan bo‘lib, yetkazilgan zarar 25 million yevro deb baholanmoqda.
Ushbu ish doirasida Nigeriya, Dominika, Venesuela va Ispaniya fuqarolari bo‘lgan o‘n kishi qo‘lga olingan.

Ular o‘zlarini kompaniya rahbari sifatida tanishtirib moliya bo‘linmalari xodimlariga pul o‘tkazish so‘ralgan “nigeriyacha maktublar”jo‘natishgan.

Soxta hujjatlar asosida ochilgan hisob raqamlariga pul tushganidan so‘ng ular pullarni naqdlashtirishgan yoki YeI mamlakatlaridagi hisob raqamlariga o‘tkazishgan. Pullar u yerdan yana Ispaniyaga qaytarilgan yoki Nigeriyaga mahsulot jo‘natuvchi kompaniya hisob raqamiga o‘tkazilgan.

Guruh ushbu ish bilan uch yil davomida shug‘ullanib kelganligi aniqlangan.

loading...

Copyright © 2018. Barcha huquqlar himoyalangan.