Rossiyalik ombudsmen Tatyana Moskalkova O‘zbekistonga keladi

Rossiyalik ombudsmen Tatyana Moskalkova O‘zbekistonga keladi


Rossiyada inson huquqlari bo‘yicha vakolatli vakil Tatyana Moskalkova O‘zbekistonga amaliy tashrif bilan keladi. Safar davomida vakolatli vakil inson huquqlari va ilmiy jamoatchilik vakillari bilan bir qator uchrashuvlar o‘tkazadi, deb xabar bermoqda RIA Novosti.

«Menda kelgusi hafta O‘zbekistonga tashrif rejalashtirilgan. U yerda inson huquqlari bo‘yicha muhokama etiladigan va hal qilinishi zarur bo‘lgan ko‘plab mavzular bor. Shuning uchun kelgusi hafta shu nuqtai nazardan ishlayman», - deya Moskalkovaning so‘zlarini keltiradi agentlik.

Avvalroq, Rossiyada inson huquqlari bo‘yicha vakolatli vakil 2018 yilda turli mamlakatlardan 600ta, shu jumladan, O‘zbekistondan 35ta shikoyat va iltimoslar qabul qilib olgani ma'lum bo‘lgandi.

Murojaatlar, birinchi navbatda, jinoyat-protsessual va jinoiy-ijro etuvchi qonunchilikka tegishli. Shuningdek, ombudsmenga migratsiya muammolari bo‘yicha ham yozishgan.

loading...

Copyright © 2018. Barcha huquqlar himoyalangan.