Farg‘ona «Vatanparvar» tashkilotida  parashyut sporti to‘garagi ish boshladi

Farg‘ona «Vatanparvar» tashkilotida  parashyut sporti to‘garagi ish boshladi


2018 yil 12 dekabr kungi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-4061-sonli «Yoshlarni vatanparvarlik ruhida va jismoniy tarbiyalash hamda chaqiriluvchilarni harbiy-texnik mutaxassisliklar bo‘yicha tayyorlash tartibini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qaroriga asosan mamlakatimizda parashyut sportini rivojlantirish, aholi, ayniqsa yoshlar o‘rtasida ommalashtirish, fuqarolarning mazkur sport turiga bo‘lgan qiziqishlarini shakllantirish maqsadida Farg‘ona viloyati, Rishton tumani o‘quv sport texnika klubida parashyut sporti to‘garagi tashkil etilib, aholi va yoshlar uchun tantanali ravishda taqdim etildi.


Tantanali ochilish marosimida Farg‘ona viloyat «Vatanparvar» tashkiloti raisi Mahmudjon Mirzayev, Rishton tumani hokimligi vakillari, harbiy qism askarlari, tumanlardagi o‘quv sport texnika klublari to‘garaklarida shug‘ullanuvchi yoshlar, umumta'lim maktabi hamda kasb-hunar kolleji o‘quvchilari ishtirok etdilar.


Tadbirda harbiy qismdan tashrif buyurgan xizmatchilar yoshlarga parashyut sporti haqida ilk tushunchalar, uning turlari, asosiy parashyut, zaxira parashyuti, sport parashyutlari va ularning texnik ko‘rsatkichlari bilan yaqindan tanishtirib, yoshlarni qiziqtirgan savollariga javob berishdi.


Mazkur to‘garakda yoshlarni parashyut sporti bilan shug‘ullanishlari uchun amaliy mashg‘ulotlar sport maydonchasi, alohida sinf xonasi va barcha sharoitlar tashkil qilingan.

Shu kuni «Vatanparvar» tashkiloti Farg‘ona viloyat Kengashi tizimidagi o‘quv muassasalar sport to‘garaklarida shug‘ullanayotgan o‘g‘il-qizlar o‘rtasida «Havo qurolidan o‘q otish» sport turi bo‘yicha viloyat kubogi musobaqasi ham tashkil qilindi.










Elmurod Ermatov,
KUN.UZ muxbiri

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.