Toshkentda yengil turdagi qurilmalarni joylashtirish uchun muddatli yer uchastkalarini ajratish tartibi belgilandi

Toshkentda yengil turdagi qurilmalarni joylashtirish uchun muddatli yer uchastkalarini ajratish tartibi belgilandi


“Yengil turdagi qurilmalarni joylashtirish uchun muddatli (vaqtinchalik) foydalanish huquqi asosida yer uchastkalarini ajratish tartibi to‘g‘risida”gi Toshkent shahar hokimining qarori qabul qilindi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Qaror bilan “Yengil turdagi qurilmalarni joylashtirish uchun muddatli (vaqtinchalik) foydalanish huquqi asosida yer uchastkalarini ajratish tartibi to‘g‘risida” nizom tasdiqlandi.

Nizomga ko‘ra, obektni joylashtirish uchun yer uchastkasini ajratib berish masalasida ariza kelib tushgan kundan boshlab bir oy muddatda ko‘rib chiqiladi.

Xususan, yer uchastkalari uzoq muddatli 3 yildan kam bo‘lmagan va 10 yildan oshmagan muddatga vaqtincha foydalanishga beriladi.

Yer uchastkasi bo‘yicha materiallarni tayyorlash va kelishish Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmasi tomonidan amalga oshiriladi.

loading...

Copyright © 2018. Barcha huquqlar himoyalangan.