Yaponiya olimpiya qo‘mitasi raisi korrupsiyada ayblanmoqda

Yaponiya olimpiya qo‘mitasi raisi korrupsiyada ayblanmoqda


Fransiyalik tergovchilar Yaponiya olimpiya qo‘mitasi rahbariga korrupsiya bo‘yicha ayblov e'lon qildi. Bu haqda Le Monde gazetasi xabar bermoqda.

Gazetaning qayd etishicha, ayblov 2020 yilgi olimpiya o‘yinlari poytaxtini tanlash bo‘yicha ochilgan korrupsiya ishi doirasida e'lon qilingan.

Tergovchilarning bildirishlaricha, Tokioning 2013 yildagi g‘alabasi maxfiy bank operatsiyalari natijasidir. Ushbu operatsiyalar Afrika vakillarining ovozini sotib olish uchun amalga oshirilgan.

Navbatdagi yozgi olimpiada o‘yinlari 2020 yilning 24 iyulidan 9 avgustiga qadar Yaponiya poytaxti Tokioda bo‘lib o‘tadi. Tokio 2013 yil 7 sentyabrda XOQning 125-sessiyasida olimpiada poytaxti deb e'lon qilingan.

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.