Osiyo Kubogi. Bugun Avstraliya, Janubiy Koreya va Xitoy 2-tur o‘yinini o‘tkazadi

Osiyo Kubogi. Bugun Avstraliya, Janubiy Koreya va Xitoy 2-tur o‘yinini o‘tkazadi


Bugun, Osiyo Kubogining 7-kunida guruh bosqichi 2-tur uchrashuvlari davom ettiriladi. 11 yanvar sanasiga ham uchta uchrashuv belgilangan.


«B» guruhi
Birinchi turda Iordaniyaga mag‘lub bo‘lgan Avstraliya bugun Falastinga qarshi maydonga tushadi. Falastinliklar ilk o‘yinda Suriya bilan durang qayd etishgandi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 16:00da boshlanadi. O‘yinni o‘zbekistonlik referi Valentin Kovalenko boshqarib boradi.

Eslatib o‘tamiz, kecha 2-tur doirasida Suriyani 2:0 hisobida mag‘lub etgan Iordaniya muddatidan oldin pley-off masalasini hal qilib ulgurgan edi. Shundan so‘ng suriyaliklar bosh murabbiyi Bernd Shtange iste'foga chiqarildi.


«S» guruhi
Juma kuni uchinchi to‘rtlikda Filippin – Xitoy qarama qarshiligi bo‘lib o‘tadi. O‘yin Toshkent vaqti bilan soat 18:30da boshlanadi. Birinchi turda Filippin Janubiy Koreyadan kichik hisobda (0:1) yengilgan, Xitoy esa Qirg‘izistondan ustun kelgan edi (2:1). Soat 21:00da Qirg‘iziston – Janubiy Koreya uchrashuviga start beriladi.

Ushbu ikki bahsda koreyslar va xitoyliklar so‘nggi turdagi o‘zaro to‘qnashuvdan oldin guruhdan chiqish masalasini hal etib qo‘yishlari kutilmoqda. Shundan so‘ng oxirgi turda guruh g‘olibi maqomi uchun bahs kuzatiladi.


O‘zbekiston terma jamoasi Turkmanistonga qarshi yakshanba kungi o‘yin oldidan tayyorgarlikni davom ettiradi. Ektor Kuper qo‘l ostidagi jamoa Dubaydagi «Rashid Stadium» o‘yingohi qoshidagi «SAAD Al-Nahda» stadionida mahalliy vaqt bilan soat 17:00dan mashg‘ulotlarga kirishadi.

loading...

Copyright © 2018. Barcha huquqlar himoyalangan.