Bugun Samarqandda xalq deputatlar viloyat Kengashining sessiyasi bo‘lib o‘tadi: unda viloyat hokimi tayinlanishi mumkin

Bugun Samarqandda xalq deputatlar viloyat Kengashining sessiyasi bo‘lib o‘tadi: unda viloyat hokimi tayinlanishi mumkin


O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Samarqand viloyatiga tashrif buyurgani haqida prezident matbuot xizmatiga asoslanib, ilgariroq xabar berib o‘tgan edik.

Shavkat Mirziyoyev ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasidagi islohotlar, amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari hamda avval berilgan topshiriqlar ijrosi bilan tanishish va istiqboldagi rejalarni belgilab olish maqsadida tashrif buyurayotgani qayd etilgan.

Tashrif davomida davlatimiz rahbari viloyatda qurilayotgan uy-joylar, ilmiy va madaniy obektlar, iqtisodiy loyihalar bilan tanishadi.

Shavkat Mirziyoyevning bugun viloyatga tashrifi davomida kunning ikkinchi yarmida Samarqand shahrida faollar ishtirokida yig‘ilish o‘tkaziladi.

Mazkur tadbir viloyat kengashining sessiyasi tarzida tashkil etilib, unda viloyat hokimini tayinlash masalasi ham ko‘rilishi mumkin.

Ayni paytda Erkinjon Oqbo‘tayevich Turdimov 2018 yilning 13 iyulidan buyon Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Sh.Mirziyoyev 2018 yilning 17–18 mart kunlari Samarqand viloyatiga tashrifi buyurgan va ko‘plab istiqbolli loyihalar bilan tanishib, tuman va shaharlarda qurilish-bunyodkorlik ishlari ko‘lamini kengaytirish, sanoat, turizm, qishloq xo‘jaligi, xizmat ko‘rsatish va servis sohalarini jadal rivojlantirish, aholi uchun munosib turmush sharoiti yaratish yuzasidan vazifalarni belgilab bergan edi.

loading...

Copyright © 2018. Barcha huquqlar himoyalangan.