Toshkent viloyatida avtomobillardagi gaz ballonlari bo‘yicha maxsus reyd o‘tkazildi

Toshkent viloyatida avtomobillardagi gaz ballonlari bo‘yicha maxsus reyd o‘tkazildi


Toshkent viloyat IIB YHX boshqarmasi va uning joylardagi bo‘lim, bo‘linmalari tomonidan yo‘l-transport hodisalarining oldini olish, qolaversa fuqarolar xavfsizligini ta'minlash maqsadida joriy yilning 10 yanvar kuni maxsus reyd amalga oshirildi.

Foto: Toshkent viloyat IIB YHX

O‘tkazilgan reydda asosiy e'tibor, transport vositalarining texnik holatiga, shuningdek o‘rnatilgan gaz balloni va moslamalari, ularning tegishli hujjatlari mavjudligiga qaratilib amaldagi qoidalarga rioya qilmagan jami 194 nafar haydovchiga ma'muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi.

Jumladan, 45 ta holatda transport vositasiga o‘rnatilgan gaz ballonining navbatdagi sinov muddati o‘tib ketganligi yoki gaz balloniga tegishli hujjatlari yonida mavjud bo‘lmaganligi, 49 ta holatda transport vositasini texnik nosoz holda boshqarish, 12 ta holatda esa ishlab chiqaruvchi zavod tomonidan nazarda tutilmagan holda transport vositasini o‘zboshimchalik bilan qayta jihozlagan holda boshqarish qolganlari esa boshqa ko‘rinishdagi qoidabuzarliklarni tashkil etadi.

Foto: Toshkent viloyat IIB YHX

Misol uchun, O‘rtachirchiq tumanida yashovchi haydovchi M.N. boshqaruvidagi “Neksiya” rusumli transport vositasiga tegishli ruxsatsiz gaz balloni o‘rnatganligi, Toshkent tumanida yashovchi haydovchi X.X boshqaruvidagi “Vaz-2106” rusumli tranport vositasiga o‘rnatilgan gaz ballonining navbatdagi sinov muddati o‘tib ketganligi, Bekobod tumanida yashovchi haydovchi A.A. boshqaruvidagi “Spark” rusumli transport vositasiga ishlab chiqaruvchi zavod tomonidan nazarda tutilmagan tumanga qarshi chiroqlar bilan qo‘shimcha ravishda o‘zboshimchalik bilan jihozlab olganligi aniqlandi.

Foto: Toshkent viloyat IIB YHX

O‘z o‘rnida, haydovchilar yo‘llarda harakatlanish qoidalariga rioya qilish lozimligini, xavfsizlik masalalariga bee'tibor bo‘lmaslikni qoidabuzarlik yoki e'tiborsizlikning katta yoki kichigi bo‘lmasligini eslatib o‘tamiz.

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.