Jorjiya institutida robot dars berganini yarim yil hech kim sezmagan

O‘qituvchi Jill Uotson besh oy mobaynida Jorjiya Texnologik insttutda dasturlash dizayni bo‘yicha talabalarga yordam berdi. Bu haqda “Forum Daily” xabar berdi.



Foto: Depositphotos

Gap shundaki, Jill — bu robot, IBM Watson bazasida ishlaydigan sun’iy intellekt tizimi, ammo biror talaba robot-o‘qituvchi bilan muloqotda buni sezmagan. Bu oshkor etilishidan oldin esa ayrim talabalar Jillni “misli ko‘rilmagan pedagog” deb ham atamoqchi bo‘lgan. Bu talabalar aynan sun’iy intellektni o‘rganish bo‘yicha sinfda tahsil olgan.

2019-yilning yanvaridan Jill assistent o‘qituvchi sifatida to‘qqiz nafar o‘qituvchilar bilan 300 nafar talabaga dasturlar ishlab chiqishga yordam bergan.

Jill talabalarga ishlarni topshirish va muhokama qilish jarayonida yordam berib, insonlar ishlatadigan oddiy sleng so‘zlardan foydalangan.

Uotsonni robot ekanligini ikki yil davomida IBM ustida ishlagan talabalar ham bilmagan. Jorjiya instituti professori Ashok nima sababdan Jill o‘quv dasturiga kiritilganini tushuntirgan.

Gap shundaki, talabalar juda ko‘p savollar, bir semestrda qariyb 10 mingta murojaat bilan murojaat qiladi. O‘qituvchilar bu savollar doim ham javob berishga ulgurmaydi. Aynan Ashok robotni o‘z sinfining o‘quv dasturiga kiritishga qaror qilgan.

Robot ustida oliy o‘quv yurti jamoasi birga ishlagan va uni savollarga javob bershga o‘rgatgan. Jill ekspert robot bo‘lib, u savolga 67 foizgacha ishonch hosil qilmaguncha javob bermaydi.

loading...

Copyright © 2018. Barcha huquqlar himoyalangan.