Osiyo Kubogida pley-offning ilk ishtirokchisi ma'lum bo‘ldi

Osiyo Kubogida pley-offning ilk ishtirokchisi ma'lum bo‘ldi


Birlashgan Arab Amirliklarida Osiyo Kubogi o‘yinlari davom etmoqda.

V guruhida Iordaniya va Suriya terma jamoalari bellashdi. O‘yin deyarli teng kurashlar ostida o‘tgan bo‘lsa-da, iordaniyaliklar o‘z imkoniyatlaridan unumli foydalanib, raqib darvozasini 2 marta ishg‘ol etishdi.

Bu g‘alabadan so‘ng, Iordaniya 6 ochko bilan peshqadamlikni mustahkamladi va kamida 2-o‘rinni olishi oydinlashdi. Bu esa iordaniyaliklarning 1/8 finaliga muddatidan oldin chiqqanini anglatadi.

Guruhning yana bir o‘yinida ertaga Avstraliya va Falastin bellashadi.

Osiyo Kubogi
V guruhi, 2-tur
10 yanvar
Iordaniya – Suriya 2:0

Gollar: Al-Tamariy (26), Xattob (43)
Iordaniya – Shafiy, Al-Ajalin, Bani-Yasin, Xattob, Murjon, Ziyod, Al-Baxit, Abdurrahmon, Bani-Attiya, Al-Tamariy (Ersan, 85), Al-Ravashde (Samir, 52).
Suriya – Alma, Al-Baur (Al-Mobayyed, 82), Al-Ajaan, Al-Solih Al-Anizan, Fahad Yusuf (Kalfa, 70), Haj Muhammad, Usmon, Mardikyan (Al-Mavas, 46), Umar Xarbin, Umar Al-Soma.
Ogohlantirishlar: Mardikyan (2), Al-Anizan (33), Al-Tamariy (80), Al-Baur (80).


loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.