Qiz o‘z hayotini saqlab qolish uchun uyida sodir bo‘lgan fojia suratlarini internetga joyladi

Olti yoshli qizaloq o‘lik holdagi otasi va o‘gay onasining suratlarini Facebook ijtimoiy tarmog‘iga joylaganidan so‘ng qutqarilgan. Bu haqda “Forum Daily” xabar berdi.



Foto: Depositphotos

Politsiya 40 yoshli ota va 36 yoshli o‘gay ona giyohvandlik moddalarining haddan ortiq ko‘p iste’mol qilib yuborilgani oqibatida xushini yo‘qotgan degan xulosaga kelgan.

Ofitserlar uyga kirganida erkak o‘lganiga kamida 24 soat bo‘lgan.

Qizning politsiyaga ma’lum qilishicha, u 3-yanvar kuni ertalab uyg‘ongan va ota-onasi uxlab yotganini ko‘rgan, ularni uyg‘otishga harakat qilgan.

Keyinroq, qiz ularni suratga olib, Tennessida yashovchi bobosi va buvisiga yuborgan. Ular esa darhol politsiyaga qo‘ng‘iroq qilib, qizni qutqarib qolishni so‘ragan.

Huquq-tartibot organlari bola 24 soat davomida yeguliksiz qolganligini ma’lum qilgan. Ular aynan qachon xushini yo‘qotgani noma’lum.

Ota hodisa joyida vafot etgan, o‘gay ona esa kasalxonaga, jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan. Politsiyachilar qizning ziyrakligi ayolning hayotini saqlab qolgan degan xulosani bergan. Ayni damda qiz biologik onasi bilan yashamoqda va bo‘lib o‘tgan hodisadan qayg‘uda.

loading...

Copyright © 2018. Barcha huquqlar himoyalangan.