Nik Megoran: YI, Buyuk Britaniya va AQSh chegara masalasida O‘zbekiston va Efiopiyaga nazar solishi kerak

2018 yilda Buyuk Britaniyada «irland yordami» masalasi mamlakatni misli ko‘rilmagan siyosiy inqirozga olib keldi. Bundan tashqari, 2200 dan ortiq migrant YeIning qattiq chegara siyosati sabab dengizda halok bo‘ldi. Bu ham yetmaganidek YeIda chegara nazorati yetarlicha qattiq tartibda emas, deb topildi.

Atlantika okeanining narigi tomonida AQSh prezidenti Donald Trampning Meksikadan kelayotgan migrantlar oqimini mamlakat uchun xavfli deb topib, ularni to‘xtatishga urinishi keskin bahslar bilan o‘tadigan 2018 yildagi oraliq saylovlarni yanada qizg‘in o‘tishiga sabab bo‘ldi. AQSh Kongressida chegaradgi devorni moliyalashtirish borasidagi kelishmovchiliklar Amerika hukumati ish faoliyatini to‘xtatishiga olib keldi.

Biroq 2018 yilda dunyoda eng murakkab sanalgan chegara mojarolarida ijobiy o‘zgarishlar bo‘ldi. Buni O‘zbekiston va Qirg‘iziston, Efiopiya va Eritreya o‘rtasidagi chegara borasidagi bahslarning hal bo‘lishida ko‘rish mumkin.

2016 yilda O‘zbekiston Prezidenti etib saylangan Shavkat Mirziyoyev ishni birinchi navbatda mintaqadagi davlatlar bilan aloqalarni o‘nglashdan boshladi. Uzoq yillar davomida qizg‘in munoza va xalqaro hamjamiyat e’tiborini tortib kelgan O‘zbekiston-Qirg‘iziston chegara muammosi ijobiy yechimini topa boshladi. 2017 yilda ikki mamlakat o‘rtasida avval yopib qo‘yilgan qator chegara nazorat-o‘tkazuv punktlari ochildi.

Nyukasl universiteti Siyosiy geografiya lektori Nik Megoranning aytishicha, yaxshi yoki yomon chegaralar mavjud emas: davlatlar orasida yaxshi yoki yomon munosabatlar bor.

Men 2018 yilda O‘zbekiston-Qirg‘iziston chegarasida bo‘lib, ko‘plab odamlar savdo qilish va chegara ortida qolgan qarindoshlarini ko‘rish uchun erkin o‘tib yurganiga guvoh bo‘ldim - deydi Nik Megoran.

2018 yilning yorqin voqealaridan yana biri Efiopiya-Eritreya chegarasidagi ko‘p yillik muammo barham topgani bo‘ldi. Bu ikki mamlakat chegara borasidagi noaniqliklar sabab bu ikki mamlakat 1998-2000 yillarda chegarada qattiq urush olib borgan. Buning natijasida 70 mingga yaqin odam halok bo‘lgan. Bahsli yerlar u darajada katta bo‘lmagan, ularning iqtisodiy qimmati ham aytarli qadrga ega emas. Shunga qaramay ikki mamlakat o‘rtasida jiddiy bahslarga sabab bo‘lgan.

Ikki mamlakat o‘rtasidagi urush BMT Xavfsizlik Kengashining aralashuviga qaramay to‘xtamagan. Efiopiya 2000 yilda BMT vositachiligida erishilgan kelishuvga amal qilmay, chegaradagi yerlarni okkupatsiya qilishni davom ettirgan.

Biroq 2018 yilning aprel oyida nisbatan yosh Abiy Ahmed Efiopiya Bosh vaziri bo‘ldi. U tezda Eritreya bilan aloqalarni yaxshilash choralarini ko‘rib, askarlarini bahsli yerlardan chiqardi. Hukumat rahbari bo‘lganidan keyin uch oy o‘tib, u tinchlik kelishuvini imzoladi va uzoq yillik urushga barham berdi.

Yaxshi chegara – bu xaritadagi texnik chiziqlar emas, siyosiy erkinlikdir. O‘zbekiston va Efiopiyada rahbariyatning almashinuvi chegaraning delimitatsiya va demarkatsiya qilinishida muhim omil bo‘ldi. Vaholanki, bungacha bu davlatlarning chegaralaridagi vaziyat boshi berk ko‘chaga kirib qolgandi.

YI, Buyuk Britaniya va AQSh o‘zlarini xalqaro standartlar tashuvchisi qilib ko‘rsatadi. Ammo chegara masalasiga kelganda ular O‘zbekiston va Efiopiyadan ko‘p narsa o‘rganishi kerak.

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.