O‘zbekiston Osiyo Kubogini g‘alaba bilan boshladi

O‘zbekiston Osiyo Kubogini g‘alaba bilan boshladi

O‘zbekiston terma jamoasi Osiyo Kubogini Ummonga qarshi o‘yin bilan boshladi.

O‘ta qiyin kechgan uchrashuv o‘zbekistonliklarning 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. O‘yinning birinchi bo‘limida terma jamoa sardori Odil Ahmedov jarima zarbasidan hisobni ochgandi.

O‘yin davomida hujumda faolroq harakat qilgan ummonliklar 72-daqiqada hisobni tenglashtirishdi, zaxiradan o‘yinga qo‘shilgan Muhsin Al-Hassaniy qarshi hujumda gol urdi.

Lekin Ektor Kuperning o‘z vaqtida amalga oshirgan o‘zgartirishlari samara berdi, o‘tkazilgan goldan keyin maydonga tushirilgan Ikrom Aliboyev va Eldor Shomurodov kombinatsiyasi gol bilan yakunlandi - 2:1. O‘yin oxirida o‘zbekistonliklar himoyachisi Yegor Krimetsga qo‘polligi uchun qizil kartochka ko‘rsatildi.

Bu g‘alabadan keyin O‘zbekiston guruhdan chiqish imkoniyatlarini yaxshiladi. Guruhdagi ikkinchi uchrashuvda Yaponiya Turkmanistonni mag‘lub etgandi (2:1). Ikkinchi turda O‘zbekiston Turkmanistonga qarshi o‘ynaydi.

Osiyo Kubogi

O‘zbekiston – Ummon 2:1

Gollar: Odil Ahmedov (34), Shomurodov (85) – Muhsin (72)

O‘zbekiston: Ignatiy Nesterov, Akmal Shorahmedov, Anzur Ismailov, Sardor Rashidov (Doston Hamdamov, 59), Odil Ahmedov, Jaloliddin Masharipov (Ikromjon Aliboyev, 79), Oleg Zoteyev, Yegor Krimets, Otabek Shukurov, Javohir Sidiqov, Marat Bikmayev (Eldor Shomurodov, 83).

Ummon: Ammar Ar-Rushaydiy, Xolid Al-Barakiy, Saad Al-Muhayniy, Muhammad Al-Musallamiy, Jamil Al-Yahmadiy (Saloh al-Yahyoiy, 86), Harib Al Sa'diy, Ali Al-Busaydiy, Muhsin Al-Holdiy (Muhammad Al Hassaniy, 86), Ahmad Al-Mahajriy, Xolid Al-Hajriy (Muhsin al-Hassaniy, 67), Roid Ibrohim Solih.

Ogohlantirishlar: Jaloliddin Masharipov (29), Ignatiy Nesterov (58)

Qizil kartochka: Yegor Krimets (90+2).

loading...

Copyright © 2018. Barcha huquqlar himoyalangan.