Qirg‘iziston tashqi ishlar vaziri O‘zbekistonga keladi

Qirg‘iziston tashqi ishlar vaziri O‘zbekistonga keladi


2019 yilning 10 yanvar kuni O‘zbekistonga Qirg‘iziston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Chingiz Aydarbekov boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyuradi.

O‘zbekiston TIV xabariga ko‘ra, tashrif dasturidan O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligida ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazish o‘rin olgan.

Qirg‘iziston delegatsiyasi Afg‘oniston ishtirokidagi «Hindiston – Markaziy Osiyo» muloqotining Samarqand shahrida o‘tkaziladigan birinchi vazirlar uchrashuvida ham ishtirok etadi.

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.