GM Uzbekistan dilerlik tarmoqlari 2019-yil 7-yanvaridan faoliyatini davom ettiradi

GM Uzbekistan rasmiy dilerlik tarmoqlari Yangi yil bayramlaridan so‘ng 2019-yilning 7-yanvaridan e’tiboran faoliyatini odatiy tartibda davom ettiradi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati ma’lum qildi.



Foto: GM Uzbekistan

2019-yilda kompaniya ishlab chiqarilayotgan avtomobillar modellar qatorini yangilash, ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish, xaridorlariga yanada ko‘proq qulayliklar yaratish sohasida oldiga yangi rejalar qo‘ygan va ularni amalga oshirish bo‘yicha bor sa’y-harakatlarni amalga oshiradi.

“2019-yilda ham biz bilan qolishingizni tilaymiz!” deyiladi kompaniya xabarida.

loading...

Copyright © 2018. Barcha huquqlar himoyalangan.