Bugun yangi partiyaning ta’sis s’yezdi bo‘lib o‘tadi

Mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan 4 ta siyosiy partiya – O‘zbekiston Xalq-demokratik partiyasi, «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi, «Adolat» sotsial-demokratik partiyasi, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasi safiga O‘zbekiston ekologik partiyasi ham qo‘shiladi, deb xabar bermoqda «O‘zA».

O‘zbekiston Respublikasining «Siyosiy partiyalar to‘g‘risida»gi qonunining 6-moddasiga asosan ekologik partiya tashkil etish bo‘yicha mamlakatimiz fuqarolaridan iborat tashabbuskorlar guruhi shakllangani hamda o‘tkazilgan majlislar haqida xabar berilgandi.

Bugun, 8-yanvar kuni poytaxtimizdagi Xalqaro savdo markazida mazkur yangi partiyaning ta’sis s’yezdi bo‘lib o‘tadi.

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.