Moskvada 2 yoshli bola aritmiyaga qarshi tabletkani yutib yubordi va vafot etdi

Moskvaning janubi-g‘arbida Yangi yil bayramida bobosi va buvisinikiga mehmonga borgan ikki yoshli bolakay aritmiyaga qarshi ichiladigan tabletkani yutib yubordi va vafot etdi. Holat yuzasidan tergovchilar tekshiruv o‘tkazmoqda. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.



Foto: “RIA Novosti”

Aniqlanishicha, bola 4-yanvar kuni bobosi va buvisinikida mehmonda bo‘lgan. U dorilar saqlanadigan qutidan aritmiyaga qarshi deb taxmin qilinayotgan dorini olgan va uni yutib yuborgan. Shundan so‘ng u darhol kasalxonaga olib borilgan. Ko‘rsatilgan yordamga qaramasdan, bola 6-yanvarda vafot etgan.

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.