Toshkent shahridan o‘tadigan kanallarga tutash hududlarda xiyobonlar, madaniy-ko‘ngilochar va sport-sog‘lomlashtirish maskanlari tashkil etiladi

Toshkent shahridan o‘tadigan kanallarga tutash hududlarda xiyobonlar, madaniy-ko‘ngilochar va sport-sog‘lomlashtirish maskanlari tashkil etiladi


Toshkent shahridan o‘tadigan kanallarga tutash hududlarda madaniy-ko‘ngilochar, sport-sog‘lomlashtirish maskanlari, “Wi-Fi” hududlar va musiqali favvoralar tashkil etiladi. Bu Vazirlar Mahkamasining “Toshkent shahridan o‘tadigan kanallar va ularga tutash hududlarni obodonlashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida ko‘rsatilgan.

Ikki oy muddatda Toshkent shahridan o‘tuvchi kanallarning topografik, geologik va boshqa texnik ko‘rsatkichlarini aks ettiruvchi ishchi holatdagi kanallarning pasportlari ishlab chiqiladi.

Shuningdek, Toshkent shahridan o‘tuvchi kanallarga tutash hududlarda obodonlashtirish ishlarini olib borishning badiiy-me'moriy normativlari ishlab chiqiladi va kanallarni betonlash, lotoklar va maxsus himoya qoplamalarini yotqizish, konstruktiv elementlarni shakllantirish, ularga o‘zgartirish kiritish hamda hudud atrofini obodonlashtirish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritiladi.

Hujjat bilan O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi Toshkent viloyati hokimligi va Toshkent shahar hokimligi bilan birgalikda Toshkent viloyatidagi irrigatsiya va melioratsiya tadbirlarini inobatga olgan holda, kanallarni tozalash va ta'mirlash tadbirlarini amalga oshirish uchun magistral kanallardagi suvni to‘xtatish tarmoq jadvalini ishlab chiqib, unga qat'iy rioya etishni ta'minlashi belgilab qo‘yildi.

Toshkent shahar hokimligi:

• magistral kanallarga tutash hududlarda zamonaviy landshaft me'morchiligini qo‘llagan holda tematik xiyobonlar tashkil etish;

• amfiteatrlar va aholi dam olishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida madaniy-ko‘ngilochar maskanlar ochish;

• turistlar uchun shaharning jozibadorligini oshirish yo‘nalishida kanallarga tutash hududlarda istiqbolli loyihalarni amalga oshirish;

• kanallarga tutash hududlarda sport va sog‘lomlashtirish (baydarka va kanoeda eshkak eshish, yugurish va velosiped yo‘laklari) maskanlarini tashkil etish;

• yengil konstruksiyadagi umumiy ovqatlanish maskanlari, “Wi-Fi” hududlar va musiqali favvoralarni tashkil etish;

• “Bo‘zsuv” kanalining Chilonzor tumanidan o‘tgan qismida 800 metr masofada investorlar hisobidan “gondola” qayiqlarida sayr qilish maskanlarini tashkil etish;

• kanallarga tutash hududlarda “Book cafe”, “Open air” kinoteatrlari, “Ekstremal sport turlari”, “Sun'iy plyaj” tashkil etish bo‘yicha loyihalarni ishlab chiqish va salohiyatli investorlarni jalb etish choralarini ko‘radi.

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.