Markaziy bank: banklar tomonidan jalb qilingan jami depozitlar hajmi 70 trln so‘mni tashkil etdi

Markaziy bank: banklar tomonidan jalb qilingan jami depozitlar hajmi 70 trln so‘mni tashkil etdi


Banklar tomonidan jalb qilingan jami depozitlar hajmi yil boshiga nisbatan 17 foizga oshib, 2019 yil 1 yanvar holatiga 70 trln so‘mni tashkil etdi.

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xabariga ko‘ra, shu jumladan, aholi omonatlari 21%ga oshib, 14,7 trln so‘mga yetgan.

Depozit mablag‘lari tarkibida milliy valyutadagi depozitlar va omonatlar ulushi mos ravishda 62% va 60%gacha oshib, mazkur ko‘rsatkichni bank aktivlarini (resurs) shakllantirishda xorijiy valyutaning ahamiyati pasayganligi sifatida izohlash mumkin.


Shuningdek, bank tizimining jami kredit qo‘yilmalari joriy yil boshiga nisbatan 51 foizga oshib, 2019 yil 1 yanvar holatiga 167 trln so‘mni tashkil etdi.

Kredit qo‘yilmalari dinamikasining ushbu davrida xorijiy valyutadagi kreditlar ulushi 62 foizdan 56 foizga tushib, kamayish tendensiyasiga ega.


loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.