Hindistonlik faxriy futbolchi Messini ortda qoldirdi

Hindistonlik faxriy futbolchi Messini ortda qoldirdi


Hindiston terma jamoasi yetakchisi Sunil Chhetri 2019 yilgi Osiyo Kubogining guruh bosqichi birinchi turida Tailand darvozasiga 2ta gol urdi.

Hindistonliklarning 4:1 hisobidagi yirik g‘alabasida dubl qayd etgan 34 yoshli futbolchi terma jamoada urilgan gollari sonini 67taga yetkazdi va bu borada argentinalik Lionel Messini (65 gol) ortda qoldirdi. U endi faqat Portugaliya terma jamoasi yetakchisi Krishtianu Ronalduni (85 gol) ta'qib qilmoqda.

Kelib chiqishiga ko‘ra nepalliklar oilasida tug‘ilgan Sunil Chhetri futbolchilik faoliyatini 2002 yilda, 18 yoshida boshlagan va dastlab Kalkuttaning «Mohun Bagan» klubi bilan shartnoma imzolagan. Shundan buyon turli yillarda «JGT», «Ist Bengal», «Dempo», «Kanzas Siti Uizards», «Sporting B», «Chyorchill Brazers», «Bengaluru», «Mumbai Siti» kabi klublarda faoliyat ko‘rsatgan.

U Hindiston terma jamoasi safida 2005 yilda Pokiston terma jamoasiga qarshi o‘yinda debyut qilgan, o‘tgan vaqt davomida milliy terma libosida 97 uchrashuvda maydonga tushgandi.

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.