Toshkentning avtobuslar parki bahorgacha 62 ta mashina bilan boyiydi

“Toshshahartransxizmat” kompaniyasi 2019-yilning yanvar—fevral oylarida poytaxt avtobus saroylari uchun 60 dan ziyod yangi avtobuslarni qabul qilib oladi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.



Foto: “Toshshahartransxizmat”

Yangi yilning ilk kunlarida Samarqanddan o‘rta sig‘imli 14 ta SAZ LE 60 avtobuslari yetib keldi. Yanvar va fevral oylarida esa yana 8 ta SAZ LE 60 hamda 40 ta katta sig‘imli MAN avtobuslari yetkazib berilishi kutilmoqda.

“Gazeta.uz”ning qayd etishicha, 2018-yil davomida Toshkent shahar jamoat transporti parki 40 ta MAN avtobusi va 58 ta SAZ LE 60 avtobuslari bilan to‘ldirildi.

Dastlab 160 ta avtobusning bari (80 ta MAN va 80 ta SAZ LE 60) 2018 yilning oxirigacha yetkazib berilishi rejalashtirilgan edi. 2019 yil uchun qo‘shimcha avtobuslar sotib olish ko‘zda tutilgan.

Avval xabar berilganidek, 2018-yildan boshlab sotib olinayotgan avtobuslarning bari konditsionerlar bilan jihozlangan. Bundan tashqari, ularda imkoniyati cheklangan shaxslar uchun mo‘ljallangan apparellar ham bor.

loading...

Copyright © 2018. Barcha huquqlar himoyalangan.