GM Uzbekistan Rossiyada ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha muzokaralarni davom ettirmoqda

GM Uzbekistan Rossiyada yig‘uv ishlab chiqarishni tashkil qilish bo‘yicha muzokaralarni davom ettirmoqda. Bu haqda “Podrobno.uz” xabar berdi.



Foto: “Ravon.ru”

Avvalroq bir qator OAVlarda GM Uzbekistan kompaniyasining Rossiya Federatsiyasida ishlab chiqarish maydonini yaratish bo‘yicha manfaatdorligi yo‘qligi va muzokaralar jarayoni yakunlangani to‘g‘risida ma’lumotlar paydo bo‘lgandi.

“Biz chet el bozorlarida yig‘uv ishlab chiqarishni tashkil etishni o‘rganish yuzasidan ish olib boryapmiz. Qozog‘istonda hozir ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan, tabiiyki, biz huddi shunday loyihalar imkonini boshqa bozorlarda ham ko‘rib chiqyapmiz. Rossiyaga to‘xtaladigan bo‘lsak, RF sanoat va savdo vazirligi bilan hamkorlikda biz ushbu yo‘nalishda o‘rganishlar olib boryapmiz. Ushbu masalani o‘rganish davom etmoqda”, — deydi “O‘zavtosanoat” rivojlanish va marketing bo‘yicha rais o‘rinbosari Umidjon Salimov.

Ushbu o‘rganishlar jarayonida kompaniya qanday natijalarga erishishi aniq bo‘ladi.

“Hozircha bu aniq bir to‘xtamga kelinganidan dalolat bermaydi. Ushbu masala o‘rganish jarayonida”, — qayd etdi Salimov.

Avval O‘zbekiston Respublikasi bosh vazir o‘rinbosari Nodir Otajonov GM Uzbekistan Samara va Leningrad viloyatlarida ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish uchun muzokaralar olib borilayotgani haqida ma’lum qilingandi. Ushbu ma’lumotni RF sanoat va savdo vaziri Denis Manturov ham tasdiqladi.

Salimov shuningdek Qozog‘iston korxonalarida yig‘ilgan o‘zbek avtomobillarini Rossiyaga eksporti amalga oshirilganini ham tasdiqladi.

“Eksportni boshladik. “O‘zavtosanoat” xorij bozorlariga bugungi kunda shakllantirilgan narx bo‘yicha avtomobillarning ilk partiyasini yubordi. Ushbu avtomobillar bozordagi kon’yukturani bilishga yordam beradi. Bizga odamlarning yangi narx omillariga munosabati juda qiziq”, — deydi u.

Ayni damda Qozog‘istonga yig‘ish uchun 130 ta avtomobil yuborildi, u yerdan tayyor holga kelgan mahsulot Rossiyaga eksportga yuboriladi.

loading...

Copyright © 2018. Barcha huquqlar himoyalangan.