1 fevraldan yana 45 davlat fuqarolari O‘zbekistonga vizasiz kirishi mumkin bo‘ladi

1 fevraldan yana 45 davlat fuqarolari O‘zbekistonga vizasiz kirishi mumkin bo‘ladi


2019 yilning 1 fevralidan 45 davlat fuqarolari uchun 30 kunlik muddatga vizasiz rejim joriy qilinadi. Kun.uz muxbiri Prezidentning "O‘zbekistonda turizmni tezkor rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi farmoniga asoslanib, shu haqida xabar berdi.

Hujjatga ko‘ra, joriy yilning 1 fevralidan e'tiboran quyidagi mamlakatlar fuqarolari O‘zbekistonga 30 kungacha bo‘lgan muddatga vizasiz rejim asosida tashrif buyurishi mumkin bo‘ladi.


“Ta'kidlash joizki, bugunga qadar 18 davlat fuqarolari uchun O‘zbekistonga kirishga vizasiz rejim joriy qilingan edi. Endi yana 45 mamlakat fuqarolari shunday imkoniyatni qo‘lga kiritishdi. Jami 63 davlat fuqarolari 1 fevraldan e'tiboran O‘zbekistonga 30 kungacha muddatda vizasiz rejim asosida tashrif buyurishi va sayohat qilishi mumkin. Bugungi kunda turizmni tezkor rivojlantirish borasida olib borilayotgan ishlarning bari Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbuslari bilan amalga oshirilmoqda”, - deydi Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov.

Bundan avval Kun.uz’da Germaniya fuqarolari uchun vizasiz rejim joriy qilingani haqida xabar berilgan edi.

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.