Bugun Osiyo Kubogi start oladi

Bugun Osiyo Kubogi start oladi


Bugun, 5 yanvar kuni Birlashgan Arab Amirliklarida qit'aning eng nufuzli musobaqasi Osiyo Kubogi start oladi.

Musobaqani A guruhi ishtirokchilari BAA va Bahrayn terma jamoalari o‘yini ochib beradi. O‘yin soat 21:00da boshlanadi.

17-marta o‘tkazilayotgan Osiyo Kubogida tarixda ilk marotaba 24ta terma jamoa ishtirok etadi. Ular 6ta guruhga ajratilgan bo‘lib, 1 va 2-o‘rinni egallagan, shuningdek 3-o‘rinni egallagan eng yaxshi 4ta terma jamoa 1/8 finalga yo‘l oladi.

Guruhlar quyidagicha shakllangan:
A guruhi: BAA, Tailand, Hindiston, Bahrayn
B guruhi: Avstraliya, Suriya, Falastin, Iordaniya
C guruhi: Janubiy Koreya, Xitoy, Qirg‘iziston, Filippin
D guruhi: Eron, Iroq, Vetnam, Yaman
E guruhi: Saudiya Arabistoni, Qatar, Livan, KXDR
F guruhi: Yaponiya, O‘zbekiston, Ummon, Turkmaniston

O‘zbekiston terma jamoasi turnirdagi ishtirokini 9 yanvar kuni boshlaydi.

O‘zbekiston terma jamoasi o‘yinlarining taqvimi:
9 yanvar, Sharja, soat 18:30, O‘zbekiston – Ummon
13 yanvar, Dubay, soat 21:00, Turkmaniston – O‘zbekiston
17 yanvar, Al-Ayn, 18:30, Yaponiya – O‘zbekiston

Osiyo Kubogi o‘yinlari Abu Dabi, Dubay, Al-Ayn va Sharja shaharlarida o‘tkaziladi.

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.