2018-yilda Norvegiyada sotilgan yangi avtomobillarning uchdan bir qismi elektromobillar bo‘ldi

2018-yilda Norvegiyada sotilgan yangi avtomobillarning uchdan bir qismi elektromobillar bo‘ldi. Bu dunyo rekordi hisoblanadi, deya xabar beradi Tengrinews.


2018-yilda Norvegiyada sotilgan yangi avtomobillarning uchdan bir qismi elektromobillar bo‘ldi

Foto: Reuters

2025-yilda mamlakat yoqilg‘ida ishlovchi avtomobillar sotuvidan to‘liq voz kechishni rejalashtirmoqda.

2013-yilda elektromobillar Norvegiya bozorining atigi 5,5 foizini tashkil etardi. 2017-yilga kelib bu ko‘rsatkich 20,8 foizgacha ko‘tarildi, o‘tgan yili esa 31,2 foizga yetdi.

Norvegiyada elektromobillar egalari ko‘plab soliqlardan ozod etilgan va ularga bepul parkovka, keng tarqalgan quvvatlantirish nuqtalari taklif etiladi.

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.