Eng ishonchsiz avtomobillar nomi ma’lum bo‘ldi

Germaniyaning texnik nazorat assotsiatsiyasi foydalanish muddati ikki-uch yil bo‘lgan eng ishonchsiz avtomobillar reytingini e’lon qildi. Bu haqda Tengrinews xabar berdi.



Foto: Google Images

Ro‘yxat to‘qqiz million texnik ko‘riklar natijasida tuzilgan. Aniqlanishicha, 2-3 yil foydalanilganidan keyin egasiga eng ko‘p tashvish tug‘diradigan avtomobil Dacia Logan sedani bo‘lib, ushbu model eng ishonchsiz avtomobillar ro‘yxatiga boshchilik qilgan.

2018-yilda o‘tkazilgan texnik ko‘rikdan o‘tgan deyarli 15 foiz avtomobillarda rul boshqaruvida, tormoz, ilgak, chiqarish tizimi, dvigatel va korobkalar uzatmasida muammo yuzaga kelgan.

Ikkinchi pog‘onadan Renault Clio joy oldi (12,1 foiz nosoz avtomobillar). Uning ketidan Fiat Punto (11,7 foiz).

Eng ishonchsiz ikki yillik modellar ro‘yxatiga KIA Sportage va Ford Ka ham kirdi. Oltinchi o‘rinni germaniyalik analitiklar Fiat 500 (11,3 foiz), yettinchi o‘rinni — Dacia Sandero (11 foiz)ga berdi. Sakkizinchi o‘rindan Dokker (10,7 protsenta) nomi bilan mashhur Dacia Lodgy joy oldi, to‘qqizinchi o‘rindan — Volkswagen Sharan. O‘nlikka Yevropada Dacia markasi ostida sotiladigan Duster krossoveri yakun yasadi.

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.