Tojikiston vakili Toshkentdagi ShHT Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi Ijroqo‘mi direktori bo‘ldi

2019-yil 1-yanvardan boshlab Tojikiston vakili Jumaxon G‘iyosov Toshkent shahrida joylashgan ShHT Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi Ijroiya qo‘mitasi direktori sifatida ish boshlagan.

2017-2018-yillarda u ShHT MATT Ijroqo‘mi direktori o‘rinbosari bo‘lib ishlagan, undan ham avvalroq Tojikiston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasida va Diniy ishlar qo‘mitasida rahbarlik lavozimlarida faoliyat ko‘rsatgan.

2016-2018-yillarda Rossiya vakili Yevgeniy Sisoyev ShHT MATT Ijroqo‘mi direktori bo‘lgan.

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.