«Bu tarixga zid». Si Tszinpin Tayvan mustaqilligi bo‘yicha bayonot berdi

«Bu tarixga zid». Si Tszinpin Tayvan mustaqilligi bo‘yicha bayonot berdi


«Tayvan mustaqilligi» g‘oyasi tarixiy jarayonga zid bo‘lib, oxir-oqibat boshi berk ko‘chaga olib keladi. Bu haqda Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Tszinpin chorshanba kuni «Tayvanlik yurtdoshlarga murojaat»ning 40 yilligiga bag‘ishlangan yig‘ilishda so‘zlagan nutqida ma'lum qildi.

«Tayvanning mustaqilligi tarixiy jarayonlarga zid keladi va boshi berk ko‘chaga olib boradi», - deya ma'lum qildi Si Tszinpin, uning so‘zlari «Sinxua» agentligi tomonidan keltirilgan.

Tszinpin so‘zlariga ko‘ra, «xitoyliklar xitoyliklar bilan jang qilmaydi», «Xitoyning tinch birlashishi esa ham qit'a qismdagi Xitoy xalqi, ham Tayvan bo‘g‘ozining narigi betidagi vatandoshlar manfaatiga xizmat qiladi». «Biz Xitoyning tinch birlashishi uchun keng maydon yaratishga tayyormiz va hech qanday ayirmachilik faoliyatiga yo‘l qo‘ymaymiz», - deya ta'kidlab o‘tdi XXR rahbari.

Shuningdek, uning qayd etishicha, «Xitoy birlashishi har qanday mamlakatning qonuniy manfaatlariga, shu jumladan, Tayvanning iqtisodiy manfaatlariga zarar yetkazmaydi». Si Tszinpin so‘zlariga ko‘ra, bu aksincha, «Osiyo-Tinch okeani mintaqasi va butun dunyoda rivojlanish, farovonlik va barqarorlikka turtki beradi, shuningdek, jamiyatni yagona taqdir hamda inson taraqqiyoti rivoji bilan qurishga katta hissa qo‘shadi».

Si Tszinpin Tayvan masalasida «tinch birlashish» prinsipiga chaqirdi.

«Tinch birlashish prinsiplari va «yagona Xitoy» siyosati milliy birlashishga eng yaxshi yondashuvdir», - dedi Si Tszinpin.

«Biz barchamiz bir oilamiz. Tayvan bo‘g‘ozini kesib o‘tish masalalari ichki ish bo‘lib, tabiiyki, o‘zimiz o‘rtamizdagi muzokaralar va maslahatlashuvlar orqali hal qilinishi kerak», - deya qayd etib o‘tdi XXR raisi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, «Tayvan masalasini tinch yo‘l bilan hal etish - mintaqada barqarorlik va tinchlikni saqlab qolish, shuningdek, vatandoshlar manfaati yo‘lidagi umumiy rivojlanishga ko‘maklashish uchun to‘g‘ri yo‘l». «Tinch aloqalar sohasidagi hamkorlik oldinga siljishi va har ikki tomondan ham qo‘llab-quvvatlanishi darkor», - deya xulosa qilgan Si Tszinpin.

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.