Asaka avtomobil zavodi 15 kunga yopiladi

Yangi yilda Asaka avtomobil zavodi jamoasi 15 kunga ta’tilga ketadi. Bu haqda “O‘zavtosanoat” AJ xabar bermoqda.



Foto: “O‘zavtosanoat”

2018-yilning 29-dekabr kuni zavoda 220 minginchi avtomobil — Chevrolet Nexia ishlab chiqarildi. Shu bilan rahbariyat tomonidan yil oxirigacha ishlab chiqarish quvvatini 220 minggacha yetkazish bo‘yicha qo‘yilgan vazifa uddalandi.

GM Uzbekistan tarixida ilk bor 2018-yilning dekabr oyida rekord qayd etildi — 34117 dona avtomobil ishlab chiqarildi, bu kuniga mingdan ortiq avtomobil degani.

Kompaniya tomonidan o‘tib borayotgan yilda ishlab chiqarilayotgan avtomobillarning har bir modeli tannarxi o‘rtacha 10-16 foizga pasaytirildi, import xarajatlari esa 73 million AQSh dollargacha qisqardi.

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.