Janubiy Koreya BMW’ga qariyb 10 mln dollar jarima soldi

Janubiy Koreya Germaniyaning BMW avtokonsernini transport vositalarining yonib ketish holatlari ko‘p kuzatilishiga olib kelgan nosozlikning bartaraf qilinmaganligi sababli, 11,2 milliard von (9,93 million dollar) jarima bilan jazoladi, deb yozadi “Vedomosti.ru”.



Foto: Flickr

Yonib ketish holatlari ishlangan gazlarni tartibga solish tizimidagi nosozliklar tufayli yuzaga kelgan.

Joriy yilda mamlakatda BMW avtomobillarida dvigatellarning yonib ketishi bilan bog‘liq 40 ga yaqin holat qayd etilgan, natijada avtokonsern avgustda respublika hududidagi 100 mingta avtomashinani qaytarib olgan edi.

loading...

Copyright © 2018. Barcha huquqlar himoyalangan.