Qashqadaryoda ikki kishiga pichoq bilan jarohat yetkazib, voqea joyidan qochib ketgan shaxs qo‘lga olindi

Qashqadaryoda ikki kishiga pichoq bilan jarohat yetkazib, voqea joyidan qochib ketgan shaxs qo‘lga olindi


Qashqadaryo viloyatining Mirishkor tumanida 2018 yil 26 dekabr kuni Qarshi shahar “Xudoyzod” MFYda yashovchi A.H. Chandir qishlog‘i hududida o‘zaro janjal tufayli shu qishloqda yashovchi O.B.ga hamda hamqishlog‘i S.Q.ga pichoq bilan jarohat yetkazib, voqea joyidan yashiringan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, natijada O.B. va S.Q.lar olgan jarohati sabab kasalxonaga yotqizilgan.

Ko‘rilgan choralar natijasida A.H. qo‘lga olinib, holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.