Qashqadaryoda tomchilatib sug‘orish tizimi qismlarini ishlab chiqaruvchi yangi korxona tashkil etiladi

Qashqadaryoda tomchilatib sug‘orish tizimi qismlarini ishlab chiqaruvchi yangi korxona tashkil etiladi


O‘zbekiston Respublikasi prezidentining “Paxta xomashyosini yetishtirishda tomchilatib sug‘orish tizimini keng joriy qilish uchun qulay sharoit yaratish bo‘yicha kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining suv tejovchi sug‘orish texnologiyalarini joriy qilishga ko‘maklashuvchi ishchi guruhlar namunaviy tarkibda tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi ma'qullanmoqda.

Ishchi guruhlarning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat etib belgilanmoqda:

· tomchilatib sug‘orish texnologiyasini jadal va to‘liq amalga oshirishda paxta yetishtiruvchilarga huquqiy, tashkiliy va texnik yordam ko‘rsatish;

· tomchilatib sug‘orish tizimlarini joriy qiladigan paxta xomashyosi ishlab chiqaruvchilariga, servis tashkilotlariga hamda tomchilatib sug‘orish tizimini ishlab chiqaruvchilarga sifatli servis xizmat ko‘rsatilishini tashkil etilishini ta'minlash;

· paxta xomashyosi ishlab chiqaruvchilariga suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarini joriy etish uslublarini o‘zlashtirishda, jumladan tomchilatib sug‘orish tizimlarini qurish bo‘yicha namunaviy loyihalarni taqdim etish orqali amaliy yordam ko‘rsatish;

· byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish, shuningdek, paxta xomashyosini ishlab chiqaruvchilarga tomchilatib sug‘orish texnologiyalarini joriy etish uchun kredit olishda amaliy yordam ko‘rsatish;

· suv tejovchi sug‘orish texnologiyalarini joriy qilish va undan foydalanish samaradorligini, jumladan sug‘orish suvi, mineral o‘g‘itlar va boshqa material-texnik resurslarni ishlatish hajmini qisqartirish ko‘rsatkichlarini tizimli monitoring qilinishini tashkil etish;

· suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarini joriy etilishini tizimli monitoringini tashkil qilish, aniqlangan masalalarni hal qilish bo‘yicha tezkor choralar ko‘rish va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga har oyda ma'lumot taqdim etish;

2019-2020 yillarda paxta xomashyosini yetishtirishda tomchilatib sug‘orish texnologiyasini joriy qilish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” tasdiqlanmoqda.

Vazirlar Mahkamasi Qashqadaryo viloyati hokimligi, Suv xo‘jaligi vazirligi, “O‘zbekneftgaz” AJ, “O‘zkimyosanoat” AJ bilan birgalikda “Oltin Yoʻl GTL” va “Sho‘rtan GKK” MChJ polimer xomashyosi asosida tomchilatib sug‘orish tizimini (quvurlar, shlanglar, fitinglar, suv saqlash uchun idishlar, suv uzatish uskunasi) ishlab chiqarish bo‘yicha mavjud quvvatlarni o‘rganish asosida iqtisodiy samaradorligidan kelib chiqib ikki oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga Qashqadaryo viloyatida tomchilatib sug‘orish tizimini va ularning butlovchi qismlarini ishlab chiqarish bo‘yicha yangi korxona tashkil etish bo‘yicha aniq taklif kiritadi.

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.