G‘o‘za yetishtirishda tomchilatib sug‘orish tizimini joriy qilishni kengaytirishning ustuvor yo‘nalishlari belgilandi

G‘o‘za yetishtirishda tomchilatib sug‘orish tizimini joriy qilishni kengaytirishning ustuvor yo‘nalishlari belgilandi


O‘zbekiston Respublikasi prezidentining «Paxta xomashyosini yetishtirishda tomchilatib sug‘orish tizimini keng joriy qilish uchun qulay sharoit yaratish bo‘yicha kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.

Prezident qaroriga ko‘ra, suv resurslaridan samarali va tejamli foydalanish, sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yanada yaxshilash, qishloq xo‘jaligi ekinlarining, ayniqsa g‘o‘za hosildorligini oshirish, shu asosda qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining barqaror faoliyat yuritishini ta'minlash maqsadida:

Quyidagilar g‘o‘za yetishtirishda tomchilatib sug‘orish tizimini joriy qilishni yanada kengaytirishning ustuvor yo‘nalishlari etib belgilanmoqda:

·
g‘o‘za yetishtirishda tomchilatib sug‘orish tizimini joriy qilish bo‘yicha loyihani amalga oshiruvchi paxta xomashyosi ishlab chiqaruvchilariga davlat tomonidan ko‘mak ko‘rsatishning ta'sirli tizimini joriy qilish, tomchilatib sug‘orish tizimi va uning butlovchi qismlarini ishlab chiqaruvchilarini rag‘batlantirish mexanizmini takomillashtirish;

·
mavjud suv resurslaridan samarali foydalanish, tomchilatib sug‘orish orqali g‘o‘za yetishtirish sohasida innovatsion g‘oyalar, ilmiy-tadqiqot ishlanmalari, zamonaviy texnologiyalar va ilmiy yutuqlarni keng joriy qilish;

·
respublika hududlarining tuproq-iqlim va boshqa sharoitlarini hisobga olgan holda tomchilatib sug‘orish texnologiyasini qo‘llash uchun ilmiy-amaliy va uslubiy asoslarini shakllantirish;

·
tomchilatib sug‘orish texnologiyasidan foydalangan holda paxta yetishtirishda foydalaniladigan qishloq xo‘jaligi texnikasi, mashina va mexanizmlari, shuningdek mineral o‘g‘itlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish;

·
suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarini joriy etish va undan foydalanish bo‘yicha mutaxassis kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etish;

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.