Shavkat Mirziyoyev Rajab Erdo‘g‘an bilan telefon orqali muloqot qildi

Shavkat Mirziyoyev Rajab Erdo‘g‘an bilan telefon orqali muloqot qildi


Bugun, 27 dekabr kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiya Respublikasi prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

O‘zbekiston rahbari o‘z hamkasbini kirib kelayotgan Yangi yil munosabati bilan samimiy qutlagan.

Muloqotlar davomida o‘zaro kun tartibidagi dolzarb masalalar, o‘zaro tashriflar davomida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalari ham muhokama qilingan.

Shuningdek, siyosiy, savdo-iqtisodiy, gumanitar va boshqa sohalarda o‘zaro hamkorlikni rivojlantirishga tayyorliklar tasdiqlangan.

Bundan avvalroq O‘zbekiston Prezidenti Rossiya prezidenti bilan telefon orqali suhbatlashgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.