Yaponiya Olimpiada-2020 obektlari yonida dronlar parvozini taqiqladi

Yaponiya Olimpiada-2020 obektlari yonida dronlar parvozini taqiqladi


Yaponiya hukumati Tokiodagi 2020 yilgi yozgi Olimpiya o‘yinlari obektlari yonida uchuvchisiz uchar qurilmalarning parvoz qilishiga taqiq qo‘ydi.

Bundan tashqari, dronlarga yirik aeroportlar yaqinida parvoz qilish taqiqlanadi. Shunga o‘xshash qoidalar 2019 yil regbi bo‘yicha jahon chempionati vaqtida qabul qilinadi. Ushbu musobaqa ham Yaponiyada bo‘lib o‘tadi - 20 sentyabrdan 2 noyabrgacha.

Eslatib o‘tamiz, 2018 yil dekabrida Londonning Gatvik aeroporti uchish-qo‘nish yo‘lagi yaqinida dron parvoz qilgani tufayli taxminan mingga yaqin reys kechiktirildi. Deyarli 140 ming yo‘lovchi Britaniya poytaxtini o‘z vaqtida tark eta olmadi. 21 dekabrda politsiya ikki gumondorni qo‘lga oldi, biroq dalillarning yetishmasligi tufayli ular ozod qilindi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Birlashgan Koreya terma jamoasi 2020 yilgi Olimpiadada ishtirok etishi xabar berilgandi.

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.