Qirg‘izistonlik qonunbuzar fuqaro qozog‘istonlik chegarachilar yuziga pul otdi

Qirg‘izistonning 25 yoshli fuqarosi davlat chegarasini noqonuniy kesib o‘tishda, Qozog‘iston chegarachilari tomonidan qo‘lga olindi, deb xabar beradi Tengrinews.


Qirg‘izistonlik qonunbuzar fuqaro qozog‘istonlik chegarachilar yuziga pul otdi

Foto: Today.kz

Voqea 25 dekabrga o‘tar kechasi sodir bo‘lgan. Chegarachilar tunda Qirg‘iziston tomonidan chegarani kesib o‘tishga urinayotgan kimsani payqagan. Qonunbuzar fuqaro chegarani kesib o‘tganda, uni qo‘lga olishgan.

Qo‘lga olingan qirg‘izistonlik, chegarachilarga yalinib, uni qo‘yib yuborishni iltimos qilgan. Biroq chegarachilar uning iltimosiga e’tibor bermagandan so‘ng, fuqaro chegarachilar yuziga to‘rt dona besh ming tengelik kupyurani otgan.

Hozirda mazkur holat bo‘yicha tergov harakatlari olib borilmoqda.

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.