Mourino «Real»ga qaytmaydi

Mourino «Real»ga qaytmaydi


«Manchester Yunayted» klubining sobiq bosh murabbiyi Joze Mourino «Real»ga qaytmaydi.

Marca xabariga ko‘ra, portugaliyalik Madrid klubi rahbariyati bilan yaxshi munosabatlarga ega, ammo u yaqin va uzoq kelajakda bosh murabbiylikka nomzod sifatida ko‘rilmayati.

Eslatib o‘tamiz, Mourino 18 dekabr kuni «Manchester Yunayted»dan iste'foga chiqarilgan edi.

Avvalroq, El Pais «Real» klubining 55 yoshli mutaxassisga yiliga 20 million yevro maosh taklif qilgani haqida yozdi. Mourino «Real»da 2010 – 2013 yillar davomida ishlagan va Ispaniya chempioni bo‘lgan.

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.