Barcha rahbarlari ishdan olingan Qibray tumaniga yangi hokim tayinlandi

Shu yilning 27-iyul kuni Shavkat Mirziyoyev raisligida jinoyatchilikning oldini olish, davlat idoralari va jamiyatning bu boradagi mas’uliyatini oshirish masalalariga bag‘ishlangan video-selektor yig‘ilishida Qibray tumani hokimi, uning o‘rinbosarlari, tuman prokurori, tuman IIB rahbari, tuman xotin-qizlar qo‘mitasi raisi va «Mahalla» jamg‘armasi tuman bo‘limi rahbarini lavozimdan ozod etishga ko‘rsatma bergandi.

Toshkent viloyati hokimligi Axborot xizmatining xabar berishicha, Qibray tumanida 2009-yildan buyon hokimlik qilib kelgan Nig‘mat Isroilovich Muhamedov egallab turgan lavozimidan ozod etildi. Uning o‘rniga Olmaliq shahrida hokimlik qilib kelayotgan Mirag‘zam Mirqosimov Qibray tumani hokimi etib tayinlandi.


Mirag‘zam Mirqosimov 1975-yilda Toshkent shahrida ziyolilar oilasida tug‘ilgan. Millati o‘zbek. Ma’lumoti oliy.

U 1997-yil Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutini (kunduzgi), 2008 yil O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini bitirgan.

U 2011-2013-yillarda Shayxontohur tumani hokimining kommunal xo‘jalikni rivojlantirish, kommunikatsiyalar va obodonlashtirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan, keyinchalik Yunusobod tumaniga hokimlik qilgan.

Mirag‘zam Mirqosimov 2017-yilning martida Toshkent shahrining Yunusobod tumani hokimligidan olingan va shu yilning avgust oyidan Olmaliq shahriga hokim etib tayinlangan edi.

Manba: Xabar.uz

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.