Mourino iste'foga chiqarildi

Mourino iste'foga chiqarildi


«Manchester Yunayted» jamoasi bosh murabbiyi Joze Mourino lavozimini tark etdi. Bu haqda klub saytida rasman ma'lum qilingan.

«Klub Jozega «Manchester Yunayted»dagi faoliyati uchun minnatdorchilik bildiradi va unga kelajakda muvaffaqiyatlar tilaydi. Tez orada jamoani mavsum oxiriga qadar boshqarib turadigan yangi murabbiy nomi ma'lum qilinadi. Klub yangi bosh murabbiy izlashni boshlagan», — deyiladi «Yunayted» matbuot xizmati xabarida.

Portugaliyalik mutaxassis uchun «qizil iblislar» boshqaruvidagi oxirgi o‘yin APLning 17-turi doirasida «Liverpul»ga qarshi kechgan va 1:3 hisobidagi mag‘lubiyat bilan yakunlangan o‘yin bo‘lib qoldi.

loading...

Copyright © 2018. Barcha huquqlar himoyalangan.