Shavkat Mirziyoyev Nursulton Nazarboyevga tabrik yo‘lladi

Shavkat Mirziyoyev Nursulton Nazarboyevga tabrik yo‘lladi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 16 dekabr - Qozog‘iston Respublikasi Mustaqilligi kuni bilan Prezident Nursulton Nazarboyevni tabrikladi.

Qozog‘istonda Mustaqillik kuni — yagona milliy bayram hisoblanadi. Bayram 16—17 dekabr kunlari nishonlanadi.

Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev 1991 yilning 16 dekabrida «Qozog‘iston Respublikasi davlat mustaqilligi to‘g‘risida»gi konstitutsiyaviy qonunga imzo chekkan edi. Nursulton Nazarboyev o‘sha yili 1 dekabrda o‘tkazilgan umumxalq saylovlarida prezident etib saylangan va 10 dekabrda mamlakatga Qozog‘iston Respublikasi nomi berilishi haqidagi qonunni imzolagandi.

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.