Shavkat Mirziyoyev ikki kunga Qashqadaryoga boradi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 13-14-dekabr kunlari Qashqadaryo viloyatiga borishi rejalashtirilgan.

«Xabar.uz» manbasi ma’lum qilishicha, tashrif davomida prezident joylarda amalga oshirilgan ijtimoiy-iqtisodiy loyihalar bilan tanishadi, bajarilgan ishlarni tahlil etib, xalq bilan muloqot qiladi.

Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev respublika hududlariga tashrifining navbatdagi bosqichini Qoraqalpog‘iston Respublikasidan boshlagandi, so‘ng prezident 29-30-noyabr kunlari Xorazm viloyatiga borgandi.

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.