Yigitali Mamajonov aktrisa Muqaddas Sa’dullayevaga uylandi. Ular farzand kutmoqda

Aktyorlar Yigitali Mamajonov va Muqaddas Sa’dullayeva turmush qurdi. Bu haqda jurnalist Sardor Komilov “Hafta nishonida” dasturi davomida ma’lum qildi.


Yigitali Mamajonov aktrisa Muqaddas Sa’dullayevaga uylandi. Ular farzand kutmoqda

Foto: Instagram / @alimamadzhanov

Qayd etilishicha, Yigitali va Muqaddas qonuniy tarzda nikohdan o‘tgan. Ular farzand kutmoqda.

Ma’lumot uchun, Yigitalining bu uchinchi, Muqaddasning ikkinchi turmushi.

Yigitali Mamajonovning avvalgi turmushlaridan uch nafar farzandi bor. Aktyor Rayhon bilan turmushidan ikki og‘il va chimkentlik Nigina ismli qiz bilan turmushidan qiz farzandli bo‘lgan.

Muqaddas Sa’dullayeva esa avvalgi turmushidan Sa’diya ismli qiz farzand ko‘rgan. Aktrisa Instagram’dagi postlaridan birida “Hayotiy tajribamga ko‘ra, insonlar birovning shaxsiy hayotiga ham aralashib turmushini buzib yuborishganigacha ko‘rib guvoh bo‘ldim. Shaxsiy hayot shaxsiyligicha, sirliligicha qolgani yaxshi! Oilamni bundan buyog‘iga har qanday balo qazolardan uzoq tutaman”, — deb yozgan edi.

View this post on Instagram

Yodgor amakijonim bilan 😊 P.s: meni hayotim hech kimni havotirga solmasin oilam halol turmush o'rtog'im bilan baxtliman! Buni qayta qayta jar solishni xoxlamayman va buni sir tutishni xoxlayman! Chunki hayotiy tajribamga kora, insonlarni birovni shaxsiy hayotiga ham aralashib turmushini buzib yuborishganigacha korib guvoh boldim. Shahsiy hayot shahsiyligicha sirliligicha qolgani yaxshi! Oilamni bundan buyog'iga har qanday balo qazolardan uzoq tutaman. Asosiysi Ota onam, oyijonim, yaqinlarim baxtimizdan mamnun ! Alloh taqdirimizmi hamisha go'zal baxtimizni barchaga namuna qilsin! Vaqti kelib balki oshkor qilarman buni vaqt korsatadi! Asosiysi hech kim bilmaganu uchun ancha vaqtdan beri oilam tinch! Hech kimni hayotimga aralashishga tuxmat qilishga haqqi yo'q! Faqat bilib qo'yinglar, bilib bilmay yomonlab tuxmat qilayotganlar Alloh tuxmatingiz javobini albatta qaytaradi! Barcha qalbi toza , vaziyatni holisona farosat ila baholayotgan insonlarga o'z tashakkurimni izhor qilib Allohdan bitmas tuganmas mukammal Baxt tilab qolaman! Ha aytgancha birovni oilasini buzish meni qonimda yo'q! 😊❤️ #OilamMeniBaxtim❤️ #AllohimgaBehisobShukurYaxshiYomonKunimUchun #Alhamdulillah #Baxtliman #BaxtimizgaYomonKozlarTegmasin

A post shared by Sadullaeva Muqaddas (@muqaddas_sadullaeva) on

loading...

Copyright © 2018. Barcha huquqlar himoyalangan.